Fuqarolik protsessual kodeksi 254-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi

Sud ishni daʼvogar tomonidan arz qilingan talablar doirasida hal qiladi. Biroq, agar sud daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda daʼvogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.