Fuqarolik protsessual kodeksi 257-modda. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori

Sud pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida undirilishi lozim boʻlgan pul summalarini undirish davrini, asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning hamda foizlarning umumiy miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi. Tashkilotlardan pul mablagʻlari undirilgan taqdirda hal qiluv qarorida undiriladigan mablagʻlarning xususiyati, shuningdek undirib beriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilishi kerakligi koʻrsatiladi. Sud dastlabki va qarshi daʼvolarni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi.