Fuqarolik protsessual kodeksi 270-2-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari

Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi fuqaroning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisida daʼvo arizasi berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.