Fuqarolik protsessual kodeksi 273-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish

Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning koʻchirma nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.