Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan koʻrib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta koʻrib chiqilishini soʻrab, ariza berishga haqli emas.