Fuqarolik protsessual kodeksi 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda oʻz vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli.