Sudning fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki turgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos boʻladi. Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftariga mazkur fuqaroni vafot etgan deb yozib qoʻyish uchun asos boʻladi.