Fuqarolik protsessual kodeksi 311-modda. Arizaning mazmuni

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxs oʻz oilasini moddiy jihatdan ogʻir ahvolga solib qoʻyayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kerak. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizada shaxsning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi), shuning oqibatida u oʻz xatti-harakatlarini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi kerak.