Sudya arizani olgach, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi. Fuqaro sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtishdan bosh tortganda sud uni majburiy tarzda ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.