Fuqarolik protsessual kodeksi 314-modda. Sudning hal qiluv qarori

Sudning fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori vasiylik va homiylik organining muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa, vasiy tayinlashi uchun asos boʻladi. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topganda sud hal qiluv qarori kuchga kirganidan soʻng uch kun ichida bu haqda mazkur shaxs yashab turgan joydagi homiylik va vasiylik organiga xabar qiladi va uning ustidan homiy yoki vasiy tayinlash uchun hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuboradi.