Fuqarolik protsessual kodeksi 330-modda. Sudning hal qiluv qarori

Sud mol-mulkni (ashyoni) mulkdori yoʻq yoki mulkdori nomaʼlum yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.

36-bob. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish)