Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi. Arizada ishga doir batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi.