Fuqarolik protsessual kodeksi 346-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar

Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar jumlasiga: 1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi; 2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi.