Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman rad etadi, agar: 1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa; 2) hal qiluv qarori oʻz zarariga qabul qilingan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga koʻra sudga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmagan boʻlsa; 3) ishni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli boʻlsa; 4) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; 5) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizoga doir ish mavjud boʻlib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qoʻzgʻatilganidan oldin qoʻzgʻatilgan boʻlsa; 6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan boʻlib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa; 7) taraf nizoning vakolati boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi dalilni taqdim etgan boʻlsa; 8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan boʻlsa; 9) hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik sudi (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq xalqaro shartnomalari ishtirokchisi boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan boʻlsa; 10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining suveren