Fuqarolik protsessual kodeksi 371-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimi

Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar koʻrsatilishi kerak: chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri; undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini soʻrayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni eʼtirof etishni va ijro etishni rad qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatma. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.