Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv: 1) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha; 2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha; 3) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti boʻyicha; 4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha; 5) birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan, shuningdek mazkur sud hujjatlarini koʻrib chiqqan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish shikoyati yoki taftish protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.