Fuqarolik protsessual kodeksi 389-1-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; 5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.