Fuqarolik protsessual kodeksi 405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi

Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.