Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.