Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi koʻrsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. Ish taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bu holda ularga ishni taftish tartibida koʻradigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.