Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Taftish tartibida protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, taftish instansiyasi sudi ajrim chiqarib, shikoyat (protest) boʻyicha taftish tartibida ish yuritishni tugatadi. Shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.