Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishni taftish tartibida koʻrayotganida sud hujjatlarining qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.