Fuqarolik protsessual kodeksi 419-3-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) mazkur bobda birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) uchun nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.