Fuqarolik protsessual kodeksi 442-modda. Arizani koʻrish

Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.