Fuqarolik protsessual kodeksi 68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish

Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha harakat qiladi. Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. Tashkilotlarning rahbarlari sudga oʻz xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.