Fuqarolik protsessual kodeksi 69-modda. Vakilning vakolatlari

Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan toʻliq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak.