Fuqarolik protsessual kodeksi 76-modda. Dalillarni taʼminlash

Oʻzlari uchun zarur boʻlgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi, deyishiga asosi boʻlgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha boʻlgan jarayonda notarial tartibda dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli. Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.