Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini koʻrsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini koʻrsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini koʻrsatishi shart. Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi. Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov ham berishi mumkin.