Fuqarolik protsessual kodeksi 87-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim etish

Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi taqdim etiladi. Agar hujjatning koʻchirma nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarur hollarda, uning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Agar koʻrib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli boʻlsa, undan tasdiqlangan koʻchirma nusxa taqdim etilishi mumkin.