1. Garov toʻgʻrisidagi asosiy qoidalar ushbu Qonun bilan belgilab qoʻyiladi. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida garov bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 3. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida garov toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.