1. Zakalat — koʻchar mol-mulkning garovidir, bunda garov narsasini tashkil etuvchi ashyo garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladi. 2. Kreditorning garovga qoʻyuvchi bilan kelishuviga binoan garov narsasi garovga qoʻyuvchi ixtiyorida qulflangan va garovga oluvchining muhri bosilgan holda (ishonchli garov) qoldirilishi mumkin. Alohida belgilangan ashyo garov toʻgʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchi ixtiyorida qoldirilishi mumkin.