Garov toʻgʻrisida 29-modda. Mol-mulkni garovxonada va garovxona yumushlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarda zakalatga qoʻyish

1. Mol-mulkni garovxonada yoki fuqarolarga garov evaziga pul qarz berish xoʻjalik (tadbirkorlik) faoliyati turi hisoblanuvchi oʻzga korxona (tashkilot)da garovga qoʻyish shartnomasi ikki tomon imzolaydigan egasining nomi yozilgan garov guvohnomasini berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi va majburiy roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. 2. Garovxona (garovxona yumushlarini amalga oshiruvchi oʻzga korxona) garovga olingan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi hisobidan mol-mulkni garovga qabul qilib olishda qoʻyilgan bahoda sugʻurta qilishi shart. 3. Garov bilan taʼminlangan qarz oʻz muddatida uzilmagan taqdirda, garovxona (oʻzga korxona) imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin bu mol-mulkni vositachilik doʻkoni orqali haqiqiy qiymati boʻyicha, lekin belgilanganidan kam boʻlmagan bahoda sotishga haqlidir. Tushgan pulning qarzlar va boshqa chiqimlar qoplanganidan keyin (5-moddaning 1-bandi ) qolgan qismi garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.