1. Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 4-moddasida uqtirib oʻtilgan boshqa mol-mulk garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin. 2. Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin. 3. Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan mol-mulk garovi uni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov hisoblanadi.