Garov toʻgʻrisida 32-modda. Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garovda garovga qoʻyuvchining huquqlari

Agar shartnomada yoki qonunda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garovda garovga qoʻyuvchi: a) garov narsasiga uning belgilangan maqsadiga muvofiq ravishda egalik qilish va undan foydalanishga; b) garov narsasini garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni sotib oluvchiga oʻtkazgan holda olib qoʻyish yoxud ijaraga berish yoʻli bilan tasarruf etishga haqlidir.