Agar shartnomada yoki qonunda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka garovi qoʻyuvchisi: a) ipoteka narsasiga uning belgilangan maqsadiga muvofiq ravishda egalik qilish va undan foydalanishga; b) garovga oluvchining roziligi bilan ipoteka narsasi sotilgan taqdirda asosiy majburiyatni muddatidan oldin bajarishga yoxud asosiy qarzni garov topshirigʻi bilan birgalikda sotib oluvchiga oʻtkazgan holda ipoteka narsasini sotishga; v) ipoteka narsasini ijaraga topshirishga haqlidir.