Garov toʻgʻrisida 45-modda. Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma tomonlarining huquq va burchlari

1. Garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan molga daxldor yumushlarni alohida hisobga olib borishi shart. U garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini saqlab qoladi. 2. Garovga oluvchi garovga qoʻyilgan molning miqdori, holati va qiymatini, shuningdek saqlash sharoitini istalgan paytda tekshirish huquqiga ega. 3. Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnoma talablarini bajarmagan taqdirda garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan molni unga berishni yoki molni garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qulflangan yoki garovga oluvchining muhri bosilgan holda qoldirishni, yoxud garov bilan taʼminlangan qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilish huquqi beriladi.