1. Garovni roʻyxatga olishni amalga oshirgan idora tegishli yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorning mol-mulki garovlarini roʻyxatga olishga doir maʼlumotlarni manfaatdor shaxslarning talabi bilan ularga yuborishi shart. 2. Garovlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoʻllash bilan bogʻliq xizmatlarga ariza beruvchi tomonidan haq toʻlash miqdori va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.