Garov toʻgʻrisida 67-modda. Garovni roʻyxatga olishda Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy vakolatining chegaralari

1. Ushbu Qonunga muvofiq garovni roʻyxatga olish majburiy boʻlgan hollarda, agar u: a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mol-mulk garov narsasi boʻlsa; b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquq garov narsasi boʻlsa; v) muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovi toʻgʻrisidagi shartnomada garovga qoʻyuvchi Oʻzbekiston Respublikasida taʼsis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa; g) dengizdagi qurilmalar, inshootlar garov narsasi boʻlsa, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsining, yoxud Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi ajnabiy yuridik shaxsning, yoxud qarorgohi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan davlatlararo tashkilotning mulk yoki ijara obyekti boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi idoralari tomonidan amalga oshiriladi. 2. Ajnabiy davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatga olish, agar unga garovni majburiy tarzda roʻyxatga olishning ushbu moddaning 1-bandida belgilangan talablari buzilmagan boʻlsa, eʼtirof etiladi.