Garov toʻgʻrisida 9-modda. Garov narsasini sugʻurta qilish

1. Qonun va shartnoma garovga oluvchining zimmasiga uning tasarrufiga berilgan garovdagi mol-mulkni sugʻurta qilish majburiyatini yuklashi mumkin, agar ushbu mol-mulk uning egasi tomonidan sugʻurtalanmagan boʻlsa. Garovga qoʻyuvchining foydalanishida qoladigan garovdagi mol-mulkni sugʻurta qilish uning oʻziga yuklanadi. 2. Shartnoma yoki qonunlar bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv idoralari tomonidan uning xoʻjalik faoliyatini toʻxtatib qoʻyuvchi yoxud unga xalaqit qiluvchi yoki unga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xoʻjalik subyekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼtirof etilishi hollaridan sugʻurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin. 3. Garovdagi mol-mulk sugʻurta qilishda garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyat summasigacha boʻlgan sugʻurta puli summasini oluvchi deb koʻrsatiladi. Garovga qoʻyuvchi sugʻurta pulining qoldiq summasini oladi. Sugʻurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari sugʻurta puli summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi.