Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 16-modda. Hakamlik sudyasini rad qilish

Ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan hollarda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudyasini rad qilish haqida arz qilishlari mumkin. Hakamlik sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkinligi munosabati bilan murojaat etilgan shaxs hakamlik bitimi taraflariga oʻzining rad qilinishi uchun asos boʻluvchi holatlar mavjudligi haqida maʼlum qilishi kerak. Agar koʻrsatilgan holatlar hakamlik muhokamasi vaqtida yuzaga kelgan boʻlsa, hakamlik sudyasi bu haqda darhol hakamlik muhokamasi taraflariga maʼlum qilishi va oʻzini oʻzi rad qilish haqida ariza berishi kerak. Hakamlik muhokamasi taraflari saylangan (tayinlangan) hakamlik sudyasining rad qilinishi uchun asos boʻluvchi holatlar rad qilinayotgan hakamlik sudyasi saylanganidan (tayinlanganidan) keyin oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan taqdirdagina uni rad qilish haqida arz qilishlari mumkin.