Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarni hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida taqsimlash hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga muvofiq, bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda esa, qanoatlantirilgan va rad etilgan talablarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning vakili xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, agar qilingan xarajatlarni qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan boʻlsa, hakamlik sudining hal qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuklanishi mumkin. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarning taqsimlanishi hakamlik sudining hal qiluv qarorida yoki ajrimida koʻrsatiladi.