Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 30-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr

Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini oʻz eʼtirozlarini bayon etgan holda daʼvogarga va hakamlik sudiga taqdim etishga haqli. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr hakamlik muhokamasi qoidalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda daʼvogarga va hakamlik sudiga taqdim etiladi. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Javobgarning vakili tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Agar hakamlik muhokamasi qoidalarida daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrni taqdim etish muddati belgilanmagan boʻlsa, mazkur yozma fikr hakamlik sudining majlisi boshlangunga qadar taqdim etiladi. Hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasi davomida oʻz daʼvo talablarini yoki daʼvoga qarshi eʼtirozlarini oʻzgartirishga haqlidir.