Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 37-1-modda. Hakamlik muhokamasida mediatsiyaning qoʻllanilishi

Hakamlik muhokamasida mediatsiya nizoni koʻrib chiqish jarayonida hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin. Hakamlik muhokamasining taraflari tomonidan mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqida kelishuv tuzilgan taqdirda, hakamlik sudi mediatsiya tartib-taomili tugaguniga qadar hakamlik muhokamasini qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar taraflar mediativ kelishuvni tuzsa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasini tugatadi.