Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 45-modda. Nizolarga doir ishlarning saqlanishi

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida koʻrilgan ishlar, agar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida uzoqroq muddat belgilanmagan boʻlsa, mazkur hakamlik sudida uch yil mobaynida saqlanadi. Muvaqqat hakamlik sudi tomonidan koʻrilgan ish hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy muddat ichida vakolatli sudga saqlash uchun yuboriladi.