Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etadi. Hakamlik sudlari maʼmuriy, oilaviy va mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, yer bilan bogʻliq, binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash, budjet tizimi budjetlaridan hamda davlat organlaridan, tashkilotlaridan va muassasalaridan, davlat ishtirokidagi korxonalardan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.