Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita taʼminlaydigan asosiy quyi boʻgʻinidir. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlaridan iborat tarkibda amalga oshiradi. Profilaktika inspektorlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari ham jalb etilishi mumkin.