Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 16-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari

Ichki ishlar organlari: fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni koʻrishi; jamoat joylarida, shu jumladan koʻchalarda, maydonlarda, istirohat bogʻlarida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashi; jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni, shu jumladan elektron shakldagi shunday arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qilishi hamda roʻyxatga olishi, murojaat etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda keyinchalik xabar bergan holda ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi; jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini taʼminlashi; jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa xonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki ular yoʻqligida ichki ishlar organlari xodimlari kirganligining barcha hollari toʻgʻrisida yigirma toʻrt soat ichida prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi; jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam koʻrsatilishini tashkil etishi; oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari boʻyicha jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishi; jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni fosh etish, shuningdek ularni tayyorlash va sodir etishga al