Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan shaxslarni ushlab turish asoslari va tartibi

Ichki ishlar organlari: jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda; oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarni; qidiruvdagi shaxslarni; oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxslarni; maʼmuriy qamoq jazosini oʻtashdan, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda; jinoiy jazoni oʻtashdan, shuningdek oʻziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan tibbiy va boshqa yoʻsindagi majburlov choralarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni; aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash joyiga ega boʻlmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan joylashtirgan holda; favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni; umumiy harbiy majburiyatni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni; qoʻriqlanadigan obyektlarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni; oʻzini oʻzi oʻldirishga uringan yoxud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi belgilariga ega boʻlgan hamda oʻz harakatlari bilan oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirayotgan shaxslarni ushlab turish huquqiga ega. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ularning shaxsi hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi. Ushlab turilgan shaxsga telefon orqali soʻzlashish yoki advokatiga yoxud yaqin qarindoshiga oʻzining ushlab turilganligi va turgan joyi haqida xabar berish, ushlab turilgan paytidan eʼtiboran himoyachiga (advokatga) ega boʻlish huquqi, shuningdek qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi. Ushlab turilgan shaxsl