Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga boʻyicha toʻplash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin va bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan transport vositalari bundan mustasno. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash