Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 25-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash chogʻida fuqarolar huquqlarining tengligini taʼminlash

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning xizmatda koʻtarilishi va boshqa lavozimga oʻtishi fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.